.Net bu Microsoft tomonidan ishlab chiqarilgan – Kross platforma, open source va dasturchilar uchun IOT, Mobile, Desktop, Web, Game turdagi maxsulotlar ishlab chiqish uchun bepul platforma hisoblanadi.
“
.NET tillari
Siz .NET ilovalarini ishlab chiqish uchun C#, F#, Visual Basic tillaridan foydalanishingiz mumkin.
Barcharga ma’lumki, .NET frameworklarining 3 turi hozirda faoliyatda. “.NET Framework”, “.NET Core”, “.NET5”. Uchchala frameworkda ham SDK va Runtime bor. .NET SDK – dasturning qurilishi va ishga tushishini taminlaydi. .NET Runtime – Dasturning ishga tushishini taminlaydi xolos. Aytmoqchimanki, SDK o’zining ichiga Runtime ni ham oladi. Agar o’zining ichiga olsa nega kerak?
Barchamizga ma’lum .NET platformasida yozilgan ilovalarni ishga tushirish uchun .NET Runtime lari kerak bo’ladi. Bu sizga C++ emas. Istalgan kompyuterda ishga tushib ketaveradigan. Ya’ni Windows tizimi kompyuterga yangi o’rnatilgan paytda C++ Runtime lari bo’ladi. Shuning uchun C++ da yozilgan ilovalarni ishga tushirishda xech qanday so’rov bo’lmaydi. Mana endi sekin sekin Windowsning yangi versiyalarida .NET frameworklari ko’zga ko’rinyapti.
Discover more from Coursity
Subscribe to get the latest posts sent to your email.