C# algoritmik masalalar

Bugun 3 ta algoritmik masalalarni ko’rib chiqamiz qo’ldan kelguncha tushintirib yozishga harkat qilaman baholi qudrat tushunarli bo’ladi. Unda let’s go !
1.ex
Yillar soniga qarab siz necha kun yashaganingizni ko’rsatuvchi C# funksiya yozing. Bunda bir yilni 365 kun deb oling va leap yillarni hisobga olmang.
Bu masalani funksiya mavzusini hali o’tmaganim uchun oddiy CLI orqali yechishga harakat qilamiz.
Birinchi o’rinda foydalanuvchidan necha yilni hisoblashni Console.Readline orqali so’rab olamiz. kiritilgan malumot string ko’rinishida qabul qilinadi uni int.Parse() yordamida integer tipiga o’tkazib olamiz(maqsad uni ustida matematik amallar bajarish).
Keyin esa necha kunligini hisoblash uchun uni 365 ga ko’paytiramiz. shunda necha kun ekanligini bilib olishimiz mumkin(int days = ageInYears*365;). shundan keyin natijani Console.WriteLine(); yordamida consolega chop etamiz. Well Done !

2.ex
Vazifa basketbol oyinidagi umumiy ochkolarni hisoblovchi funksiya yozish. bilamiz basketbol oyinida 2 ochkoli va 3 ochkoli toplar bor ularni nechta nechta ekanligini bilgan holda umumiy baldi hisoblaymiz.
buning uchun userdan 2 ochkoli toplar soni va 3 ochkoli toplar soni nechta ekanligini so’raymiz albatta Console.ReadLine(); yordamida va uni int.Parse() yordamida integet tipga otkazib olamiz.
keyin jami ikki ochkoli toplar sonini hisoblaymiz buning uchun kiritilgan 2 ochkoli toplar sonini 2ga ko’paytiramiz. 3 ochkoli toplar sonini 3 ga ko’paytiramiz va oxirida ikkala ko’paytmani qo’shadigan bo’lsak umumiy toplangan natijani olishimiz mumkin. va natijani Console.WriteLine(); orqali userga chop qilishimiz mumkin. Well Done !

3.ex
Berilgan ism familiya va jinsini formatlab, tartiblab beruvchi funksiya yozish vazifa ekan.
buni yechish uchun birinchi ism familiya va jinsni Console.ReadLine();orqali userda so’rab olamiz. jinsi bool qiymat qabul qilar ekan. bunda true bo’lsa erkak false bo’lsa ayol dep yani Mr yoki Mrs deb qabul qilarkan.
bundan tashqari ism va familyani titlecase yani bosh harflarda yozadigan qilishimiz kerak ekan. buning uchun using.System.Globalization qo’l keladi. u stringni har bir harflarini formatlash uchun ishlatiladi u yordamida faqat brinchi harfni katta qilish, barcha harflarni kichik yoki katta qilish mumkin ekan. men ham net dan ko’rib o’rgandim..
olingan ism familiya stringlarniToTitleCase() yordamida titlecase o’tkazamiz bundan oldin TextInfo TC = new CultureInfo("en-US", false).TextInfo; qilib olamiz. bu inglizcha harflarni tekshiradi db olyabmiz keyin firstname = TC.ToTitleCase(firsatname); qilib olamiz familiya ham huddi shunday. endi ism va familiyaga qay tarzda string yozsak ham uni faqat birinchi harfini kotta qolganlarini kichik qilib beradi. va olingan natijalarni userga tartib keltirga holda chop qiladigan qilib qo’ysak bo’ldi. Well Done !

Hozircha shu 3 ta masalani ko’rib chiqdik yana masalalar bo’lsa publish qilib boramiz qo’ldan kelgancha.


Discover more from Coursity

Subscribe to get the latest posts sent to your email.

Leave a Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Discover more from Coursity

Subscribe now to keep reading and get access to the full archive.

Continue reading

Scroll to Top
In today's digital landscape, choosing the best gaming servers for hosting is crucial for gamers and developers alike. Please set api key.